«Real»ga keraksiz futbolchi «Nyukasl» «radariga tushgan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Real» hujumchisi Mariano Dias «Nyukasl»ning transferlar «short-list»idan joy olgan, deb yozadi Todofichajes nashri. Manbaga ko'ra, dominikanlik forvardga «qarg'alar»ning yangi rahbariyati shaxsan qiziqish bildirgan.
Futbolchining o'zi ham ko'proq o'yin vaqtini olish uchun klubni o'zgartirishga qarshi emas. Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.
«Qirollik klubi» o'z zahira futbolchisini 10 million evroga qo'yib yuborishga tayyor. «Nyukasl» Diasga mavsum uchun 4,5 million evro maosh taklif qilishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328