Ibrohimxalil Yo'ldoshev: «Milliy jamoa safida gol urish zavqi boshqacha»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Amman shahrida mashg'ulot o'tkazayotgan O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo'ldoshev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Taassurotlarim yaxshi. Bu Katanets boshchiligidagi ikkinchi yig'in. Ikkinchi yig'inga 1-2 nafar yangi o'yinchilar taklif etilgan. Ular jamoaga tezda kirishib ketishdi.
Malayziyaga qarshi o'yinda to'liq nazoratga ega bo'ldik. Birinchi bo'lim so'ngida kontsentratsiyani yo'qotganimiz uchun gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda zaxiradan tushgan futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi.
Ha, terma jamoa safida debyut golimni urdim. Milliy jamoa safida gol urish zavqi boshqacha. Keyingi uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarning ishonchini qozonishga harakat qilamiz", — dedi Ibrohimxalil Yo'ldoshev O'FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
328