Desham: «Benzema — terma jamoaning muhim o'yinchisi ekanini isbotladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hujumchi Karim Benzema haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Karim – muhim o'yinchi. U buni Millatlar ligasidagi 2ta o'yinda isbotladi. Butun jamoa va Karim uchun xursandman. Benzema — samaradorligi yuqori futbolchi.
U hozirda 2015 yildagi o'yinchi emas. Inson sifatida u ulg'aygan. Karim yana 4-5ta katta turnirlarda ishtirok etmaydi. Millatlar ligasi nufuzi borasida katta sovrin bo'lmasa-da, u Benzema uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi", – dedi Desham.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348