"Milan" futbolchisining maoshini 3 baravar oshiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes jamoa bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. "La Gazette Dello Sport" xabariga ko'ra, bu muammoni hal qilish rossonerilar uchun ustuvor maqsad qilib qo'yilgan.
24 yoshli frantsuzning amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Biroq, unga kelishuv shartlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilinmoqda, bu uning maoshi sezilarli darajada oshishini nazarda tutadi. Ya'ni, Italiya klubi uning maoshini uch baravar oshirishga (4,5 mln evro) tayyor.
Eslatib o'tamiz, 2020/21 yilgi mavsumda Ernandes Milan tarkibida 45 o'yinda maydonga tushib, 8 gol va 8 golli uzatma muallifi bo'lgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230