So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Oybek Nurmatov: «Superligada debyut qilganimdan xursandman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6482
PEPSI Superliga-2018 mavsumi ham o'z nihoyasiga etdi. Mavsum davomida “So'g'diyona” jamoasi ustozi Sergey Lushchan bir qator yosh futbolchilarga o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun imkon berdi va mahalliy yoshlarni kashf etdi.
Shunday yoshlaran biri Oybek Nurmatov bo'lib, u ortda qolgan mavsumda debyut qilishiga qaramay, chempionatda 4 ta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Mavsum yakunlari haqida Oybek Nurmatov bilan suhbat qurdik.
- Bu yilgi mavsum men uchun juda ajoyib va esda qolarli tarzda o'tdi. Sababi Superligada debyut qilishga muvaffaq bo'ldim, qolaversa 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldim. Albatta, bunda jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchanning xissasi beqiyos, deb bilaman. Biz yoshlarga e'tibor berib etakchi jamoalarga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib, o'zimizni ko'rsatishga imkon berdi. Buning uchun u kishiga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Jamoadoshlarimga ham minnatdorchiligimni bildiraman. Sababi ular meni hamisha qo'llab-quvvatlab turishdi.
Ortda qolgan mavsumda chempionatimiz ancha qiziq va tomoshabop tarzda kechdi. Ayniqsa, 2018 yilda stadionlarga muxlislar ko'proq tashrif buyura boshlashdi. Bu barchani – futbolchilarni ham juda ham xursand qildi. Jizzaxlik ishqibozlar bizni xatto safar o'yinlarida ham qo'llab-quvvatlab turishdi.
Jamoalar ham muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishga urinishdi. O'yinlarda har bir ochko uchun jiddiy kurash bordi. “So'g'diyona” ham imkon qadar muxlislarini xursand qilishga urindi. Lekin aksariyat uchrashuvlarda o'zimiz yo'l qo'ygan xatolar evaziga muhim o'yinlarda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Endi kelasi mavsumda ishqibozlarimizni chiroyli g'alabalar bilan xushnud qilishga harakat qilamiz, - dedi yosh futbolchi.