«Yuventus» Vlahovich evaziga yosh iqtidoridan voz kechishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Turinning «Yuventus» klubi «Fiorentina»ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovichga qiziqishni davom ettirmoqda, deb xabar beradi La Gazetta dello Sport.
Manbaga ko'ra, turinliklar kelishuvga shved yarim himoyachisi Deyan Kulushevskini kiritishi mumkin, uning o'yini «fialkalar» bosh murabbiyi Vinchenso Italianoga yoqadi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Vlahovich sakkizta o'yin o'tkazdi, oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli Kulushevskiy hisobida to'qqizta o'yinda bitta golli uzatma mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391