«Barselona» Xoland uchun kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

«Barselona» vitse-prezidenti Rafa Yuste jamoa Erling Xolandning transferini amalga oshira olmasligini aytib o'tdi.
«Hozir bizda bunday imkoniyat mavjud emas. Rahbariyat bu haqda bir necha marta gapirdi. Avvalgi rahbariyat maoshlarga pul etkazishni o'ylamay futbolchi sotib olgandi.
Xoland jahonning eng kuchli o'yinchilaridan biri. Biz eng kuchli jamoa bo'lishni istaymiz, ammo harobalarda qolgan uyimiz uchun bizga poydevor kerak», – dedi funktsioner.
Xoland uchun kurashda «Real», PSJ va «Manchester Siti» klublari favorit hisoblanadi. Keyingi yilning yozida uning badal puli 75 million evroga teng bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394