Eto'O: "Barselona" meni oxirgi paytlarda qiynab qo'ydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

"Barselona" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Kataloniya klubi muammolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"So'nggi paytlarda "Barselona" meni azob chekishga marbur qilib qo'ydi. Bu klubni sevadiganlar uchun qiyin paytlar. Chempionlar ligasini guruh bosqichidayoq yakunlashni tasavvur qilish qiyin. Umid qilamanki, jamoa pley-offga chiqadi", - deya Eto'Oning so'zlarini keltiradi Marca.
"Barselona" UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ikkita boshlang'ich uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi va "E" guruhining turnir jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda.
Ma'lumot uchun, 40 yoshli kamerunlik 2004 yildan 2009 yilgacha kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394