Bokschilarimiz ertadan Kuba bilan mashg'ulotlarni boshlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100
Yaxshi bilasiz, 25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.
Ayni paytda yigitlarimiz murabbiylar shtabi boshchiligida Toshkent viloyatining Yangiobod bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishmoqda. Terma jamoamiz murabbiylari har bir vazn toifasida mamlakatimizning uch nafar bokschisini sinovdan o'tkazmoqda. Mashg'ulotlarning so'nggi bosqichidan kelib chiqqan holda murabbiylar JChda ishtirok etadigan 13 nafar bokschimiz nomini Serbiyaga jo'nab ketish oldidan ma'lum qilishadi. Bu esa o'z navbatida O'zbekiston boks federatsiyasi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali e'lon qilinadi.
Yana bir ma'lumot: Bugun jahon boksida o'z o'rniga ega bo'lgan Kuba terma jamoasi Toshkent vaqti bilan soat 02:40da yurtimizga etib keladi. O'zbekiston va Kuba terma jamoalari jahon chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini birgalikda o'tkazishadi.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
394