Shavkat Mirziyoev: «Qashqadaryoga kelib, futbol haqida gapirmaslik mutlaqo mumkin emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev bugun qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashdi.
“Qashqadaryoga kelib, futbol haqida gapirmaslik mutlaqo mumkin emas. Viloyatda bugungi kunda mamlakat futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan «Nasaf», «Mash'al», shuningdek, «Sho'rtan» hamda Osiyo va Evropada tanish bo'lgan ayollarning «Sevinch» professional futbol klublari faoliyat yuritmoqda. Ushbu klublar tarbiyalanuvchilaridan Otabek Shukurov va Azizjon G'anievlar bugungi kunda O'zbekistonimiz nufuzini butun dunyoga tarqatmoqda.
Shuni hisobga olib, viloyatda futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo'yicha katta ishlarni amalga oshiramiz. Jumladan, Shahrisabz shahrida bolalar va o'smirlar futbol mahorati maktabi tashkil etilib, unda 154 nafar iqtidorli yosh futbolchi tayyorlanadi. Qarshi shahridagi bolalar va o'smirlar futbol mahorati maktabi uchun zamonaviy sport bazasi barpo etiladi. Kitob, Shahrisabz, Yakkabog', Qamashi, Chiroqchi tumanlaridagi stadionlar to'liq ta'mirlanadi. Yoshlar futbol bilan muntazam shug'ullanishi uchun sport maktablari, futbol mahorat maktablari, futbol akademiyalari, umumta'lim maktablari sifatli sport inventarlari bilan jihozlanadi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Turizm va sport vazirligi
Matbuot kotibi

Bosh sahifaga
226