Tiagu Silva: «Men bunday futbolchilarni yaqin 10 yil ichida ko'rmagan edim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Braziliya terma jamoasi sardori va «Chelsi» klubi himoyachisi Tiagu Silva o'z jamoadoshlari haqida gapirdi. U milliy jamoaning ikkita yangi futbolchisi Rafinya va Antoni haqida shunday deydi:
«Agar biz ikkita o'yinni(Venesuela va Kolumbiya) ham yuta olganimizda ular haqida ko'proq gapirish imkonimiz bo'lar edi. Shunday bo'lsa ham Rafinya va Antonidagi sifatlarni ko'rish juda ajoyib. Ularning har ikkisi ham individual jihatdan yuqori ko'rsatkichga ega. Men bunday futbolchilarni terma jamoamizda yaqin 10 yil ichida ko'rmagan edim. Ular bizning kelajagimiz».
Eslatib o'tamiz, Rafinya Angliyaning «Lids» klubi hujumchisi, Antoni esa Niderlandiyaning«Ayaks» jamoasi vingeri hisoblanadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229