«Real» do'koni Messi familiyasi bilan futbolka sotdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Taniqli bloger Nil Oxeda noodatiy yurishi bilan ispan matbuoti e'tiboriga tushdi.
Oxeda "Real" klubi do'koniga kelib, 7-raqamli futbolkani buyurtma qildi. Do'kon xodimlari futbolkaga qaysi o'yinchining familiyasini yozib berishni so'rashdi. Nilning javobi esa sotuvchilarni shokka tushirdi: Oxeda qo'shimcha to'lov evaziga "Messi" familiyasini futbolkaga tushirib berishni talab qildi.
Ammo do'kon xodimlari huquqiy sabablar tufayli bu talabga rad javobini berishdi. Bloger esa vaziyatdan chiqib ketish uchun argentinalik futbolchining familiyasidagi bitta "s" harfini olib tashlab, "Mesi" yozuvini tushirishni taklif qildi. Shunda sotuvchilar bu taklifga rozi bo'lishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235