«Liverpul» klubi afsonasi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

«Liverpul» klubi afsonasi Robbi Fauler jamoa hujumchisi Saloh haqida fikr bildirdi. U bu haqda shunday deydi:
«Muhammad Saloh hech qanday shubhasiz top darajali futbolchi. Menimcha, u klub bilan yangi shartnoma tuzishi kerak. Unga eng ko'p miqdorda maosh to'lanishi lozim. Bu adolatdan bo'ladi va bunga hech kim norozilik ham bildira olmaydi. Hozirda Saloh bilan yangi bitim tuzish haqida hech qanday yangilik yo'q va bu meni hayron qoldirayotir. Albatta, unga so'raganini berish va jamoada olib qolish lozim. Klub ichidagilar va muxlislar shuni istashadi. Bu ish qancha erta bo'lsa, shuncha yaxshi».
Hozirda Muhammad Saloh Misr terma jamoasi bilan saralash bahslarida ishtirok etmoqda.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220