Veynaldum: "U erda baxtliman deb ayta olmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"PSJ" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum frantsuz klubidagi o'rni haqida gapirdi.
"Rostini aytsam, men "PSJ"da baxtliman deb ayta olmayman, chunki klubdagi ahvolim men xohlagandek emas. Siz o'ynamaganingizda, ba'zida asabiylashasiz", - dedi niderlandiyalik yarim himoyachi "NOS" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida "Liverpul"dan erkin agent sifatida "PSJ"ga o'tgan edi.
Veynaldum joriy mavsum barcha turnirlarda parijliklar safida 11ta o'yinda maydonga tushib, foydali harakat amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211