Stiven Jerrardning sobiq bosh murabbiyi u va «Nyukasl» bilan bog'liq xabarlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Afsonaviy futbolchi Kenni Dalglish Stiven Jerrard «Nyukasl»ga kelmasligini ta'kidladi. U bir paytlar Stivning bosh murabbiyi bo'lgan va «Sunday Post» nashriga shunday deydi:
«Men Jerrardning «Nyukasl»ga o'tishi mumkinligini eshitib, hecham ajablanmadim. Ammo avvalo shuni ta'kidlash lozimki, Stiv Bryus hozirda menejer va unga hurmatni saqlashimiz kerak. Qolaversa, «Reynjers» Stivenni shundayligicha, qo'yib yubormaydi. Saudiyaliklar savdosidan keyin turli gaplar ko'payib ketdi. Bu shunchaki gap. U hozirgi klubiga mos. «Seltik»dan 10 yillik etakchilikni tortib olgani va Evropa sahnida yaxshi qatnashayotgani tahsinga loyiq. Aynan mana shu narsalar uchun ham hozir hamma uning nomini «Nyukasl» bilan bog'lashmoqda. Lekin shaxsan men Jerrardni bu narsalarga e'tibor beradi deb o'ylamayman».
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
230