Loran Blan - "Barsa" haqida: Messi va Neymarni qo'yib yuborish mumkin emasdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Frantsiyalik sobiq himoyachi Loran Blan "Barselona" rahbariyatining so'nggi yillardagi faoliyatini tanqid qildi.
"Frantsiya futboli uchun Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappeni bir ligada bo'lishi tasavvur qilib bo'lmas voqea.
Ha, "PSJ" haqiqatan ham boshqa sayyoradan, lekin Frantsiya jamoalari bu futbolchilarni har hafta ko'rishi katta foyda.
Ammo vaziyatga "Barselona" nuqtai nazaridan qarasangiz, ular dahshatli xatolarga yo'l qo'yishdi.
Bu nafaqat Messining ketishiga tegishli. Biz oxirgi to'rt-besh yil haqida gapirayapmiz.
Siz Neymar yoki Messini shunchaki qo'yib yubora olmaysiz, chunki ularni o'rnini to'ldirish juda qiyin ", - dedi Blan.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220