Azmun faoliyatini Frantsiya chempionati, yoki Bundesligada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Insayder Daniel Longoning yozishicha, Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini «Lion» yoki «Bayer»da davom ettirishi mumkin. Biroq, klublar yanvar oyida futbolchi sotib olishga tayyor emas, ular eronlik futbolchini erkin agent maqomini qo'lga kiritmoqchi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Azmun 18 million evro evaziga «Bayer» klubiga o'tishga yaqin edi. Futbolchining hozirgi transfer narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
10 turdan so'ng «Zenit» 23 ochko bilan ishonchli tarzda RPL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398