"Nyukasl"ga Koutino va Remsi bilan shartnoma tuzishni maslahat berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlahor "Nyukasl" yangi rahbariyatiga o'z tarkibini kuchaytirishda maslahat berdi.
"Men aql bovar qilmas miqdorda pul to'lash shart bo'lmagan futbolchilarni tanlagan bo'lardim. Masalan, Remsi. Aaron "Yuventus"da ko'p o'yin amaliyoti olmayotganiga qaramay, yaxshi futbolchi bo'lib qolaveradi. Yana Koutinoni ham sotib olsa bo'ladi. "Barselona"da u kerakli darajada o'ynay olmadi. Uni klubi har qanday pul evaziga qo'yib yuboradi, chunki ularni "Liverpul"dan hali ham qarzi bor", - dedi Agbonlaxor.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni investitsiya fondi "Nyukasl"ni 300 million evroga sotib olishgan. Klubning avvalgi egasi tadbirkor Mayk Eshli edi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
397