Abramovich Azarni «Chelsi»ga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Belgiya va «Real» hujumkor yarimhimoyachisi Eden Azar Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin. El Nacional nashri xabariga ko'ra, futbolchining transferiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Aristokratlar»ning xo'jayini Roman Abramovich Edenni «Stemford Brij»ga qaytarishga tayyor.
Ammo, Transfer narxi muammo bo'lishi mumkin. Madriddagi faoliyatining muvaffaqiyatsiz davri tufayli Azarning narxi ancha pasayib ketdi, hozir 40 million evroga baholanmoqda. Bu miqdor «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresga mos emas, u ikki yil oldin belgiyalik uchun 100 million evroga yaqin pul to'lagan.
Edenning Madrid grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha hisoblangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391