«Real» o'zi uchun ideal himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

Defensa Central nashrining xabar berishicha, «Real» rahbariyati «PSJ»ning 26 yoshli himoyachisi Presnel Kimpembeni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Tajribali himoyachining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Shuningdek, «qaymoqranglilar» Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Ryudigerga ham e'tibor qaratgan.
Eslatib o'tamiz, yozda «Real»ni himoyaning ikkita asosiy futbolchisi Serxio Ramos va Rafael Varan jamoadan ketdi. Endi «Qirollik klubi» himoyada yangi futbolchilarni topish ustida ishlamoqda.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186