Belotti «Milan»ga o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

«Torino» hujumchisi Andrea Belotti yaqin orada klub ro'yxatini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Calciomercato nashri xabariga ko'ra, 27 yoshli hujumchi faoliyatini «Milan»da davom ettirmoqchi.
Avvalroq, «rossonerilar» Belotti transferiga qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgan edi. Klub Andreani Zlatan Ibragimovichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Hujumchini «Milan» tekinga qo'lga kiritishi mumkin, chunki uning «Torino» bilan shartnomasi yozda tugaydi.
Belotti 2015 yildan buyon Turin jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Italiya chempionatining joriy mavsumida forvard ikkita jangda qatnashib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187