Messi Argentina terma jamoasi safida yubiley golini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Kecha Argentina va Urugvay terma jamoalari o'rtasidagi jahon chempionati saralash doirasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Argentina raqibi ustidan yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Hujumchisi Lionel Messi g'alaba keltirgan gollardan biriga mualliflik qildi.
Ta'kidlash joizki, bu gol 34 yoshli hujumchi uchun terma jamoa tarkibida yubiley golga aylandi. 155 uchrashuvda Lionel 80 marta raqiblari posbonini ranjitishga erishgan. Bundan tashqari, uning hisobida 51 ta golli uzatma ham mavjud.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida Messi Kataloniyaning «Barselona» klubini tark etib, Frantsiyaning «PSJ» klubiga ko'chib o'tgandi. Leo Parij grandi bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187