Ispaniya - Frantsiya: Mbappening goli nega hisobga olindi? (foto+video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

UEFA Millatlar Ligasi final Ispaniya - Frantsiya uchrashuvining 80-daqiqasida Kilian Mbappe terma jamoasining g'alaba to'pini kiritdi, bu vaziyatda hakamlar guruhi tomonidan ofsayd yo'q deb topildi. Keling, hakamlar qaroriga aniqlik kiritamiz, chunki hujumchi pas uzatilayotgan vaqtda o'yindan tashqari holatda edi.

Uchrashuv davomida VARda ishlagan Styuart Attvel va Kris Kavana ushbu vaziyatni tekshirib ko'rishdi va himoyachi Erik Garsiya to'pni chap oyog'i bilan o'ynaganiga ishonch hosil qilishdi. Bu teginish - rikoshet emas, balki atayin qilingan harakat edi. Shuning uchun Mbappeda ofsayd pozitsiyasi aniqlanmadi. Natijada, uchrashuv bosh hakami Entoni Teylor VARdan golni bekor qilish uchun sabab yo'qligi haqida xabar oldi va gol inobatga olindi.



Bosh sahifaga
216