«Barselona»ning Gavidan umidi katta
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

«Barselona» yosh va iqtidorli futbolchisi Gavining kelajagiga umid bilan qaraydi.
Futbolchining shartnomasida 50 million evro tovon puli belgilangan. Biroq yaqin orada uning uchun ko'p pul to'lashga qodir klub yo'q.
Lekin Gavining rivojlanish dinamikasini hisobga olsak, vaziyat qisqa vaqt ichida o'zgarishi mumkin. «Barselona» vitse-prezidenti Rafa Yuste futbolchining yangi shartnomasi haqida gapirdi.
«Men Gavi uchun juda xursandman. U o'z yoshi uchun nihoyatda etuk futbolchi. 17 yoshida u 37 yoshdagidek harakat qilmoqda.
Biz uni har tomonlama qo'llash uchun hamma narsani qilamiz. U «Barselona»ni ko'p yillar davomida o'z uyi ekanligini tushunishi kerak», - deydi vitse-prezident.
17 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
377