Manchini Italiya termasida o'ziga xos natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Italiya Millatlar ligasida uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Belgiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Bu g'alabadan so'ng italiyaliklar bosh murabbiyi Roberto Manchini yangi rekord o'rnatdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Manchini Italiya terma jamoasining 30 g'alabasiga erishgan eng tezkor murabbiyi hisoblanadi. Buning uchun unga 44 ta o'yin kerak bo'ldi.
56 yoshli Roberto Manchini bungacha «Zenit», «Inter», «Galatasaroy», «Manchester Siti», «Latsio» va «Fiorentina» jamoalarini boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236