"El-Klasiko"da "Kamp Nou"ga qancha muxlis kiritilishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

24 oktyabr kuni bu mavsumdagi ilk "El-Klasiko" bo'lib o'tadi.
Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, La Liganing 10 turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi uchrashuvda "Kamp Nou"ga 100% tomoshabin kiritilishi mumkin. Buning uchun, Kataloniya rahbariyati Sog'liqni Saqlash vazirligi ruxsatini kutmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumdagi ikkala jamoa ishtirokidagi so'nggi bahslar Koronavirus tufayli muxlislarsiz o'tkazilgan edi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197