Veratti qaerda faoliyatini tugatmoqchiligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Italiyalik futbolchi butun faoliyati davomida Parij klubida qolishni xohlayotganini tan oldi.
"Menda eng buyuk chempionlar bilan va ularga qarshi o'ynash imkoniyati bor. Bu meni eng ko'p xohlagan narsam. Natijada bu klubga oshiq bo'ldim. Shuning uchun, men har doim bu jamoa uchun bor kuchimni beraman.
Faoliyatimni shu erda yakunlamoqchiman", - dedi Verratti "beIN Sports" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Verratti 2012 yildan buyon "PSJ" safida o'ynaydi. Jamoa tarkibida u 7 marta Frantsiya chempioni, 8 marta mamlakat Superkubogi, 6 marta Frantsiya Liga Kubogi va 6 bor Frantsiya Kubogini qo'lga kiritgan.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
243