Neymar 2022 yilgi JCh uning uchun oxirgisi bo'lishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

«PSJ» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2022 yilgi jahon chempionatida oxirgi bor ishtirok etishini aytdi. Bu haqda Goal xabar berdi.
Hujumchi o'zining terma jamoa safidagi keyingi faoliyati haqida gapirib o'tdi.
«Menimcha, 2022 yildagi jahon chempionat men uchun oxirgisi bo'ladi. Men unga shunday ko'z bilan qarayapman. Chunki keyingi mundialda o'ynashga kuchim va ruhim etishini bilmayman.
Shuning uchun, men jahon chempionatida vatanim uchun bor kuchimni berib, bolalikdagi orzum - mundial oltin medallariga ega chiqishga urinaman. Bu qo'limdan kelishiga ishonaman», — dedi futbolchi.
Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi terma jamoasi safida 113 ta o'yinda maydonga tushib, 69 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237