«Barselona» «Milan» futbolchisini tekinga qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Todofichajes nashri so'zlariga ko'ra, «Barselona» «Milan» yarimhimoyachisi Frank Kessiga qiziqish bildirmoqda. Kot-d'Ivuarlik futbolchining «qizil-qoralar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida tugaydi. Yarimhimoyachiga «ko'k-anorranglilar»dan tashqari «PSJ», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari qiziqish bildirishgan.
Manbaning xabariga ko'ra, «Barselona» Kessini tekinga qo'lga kiritmoqchi, chunki moliyaviy muammolar tufayli transferlar uchun katta mablag' ajratolmaydi.
Transfermarkt 24 yoshli futbolchini 55 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184