Suares Argentina va Braziliyaga qarshi bahslar oldidan fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Argentina (11 oktyabr) va Braziliya (15 oktyabr)ga qarshi o'yinlari hamda «Oltin to'p» sovrini haqida gapirdi.
«Albatta, Leo Messi va Neymar kabi o'rtoqlar bilan uchrashish har doim ham yoqimli, bu har doim alohida bir voqelik. Lekin maydonda do'stlik bo'lishi mumkin emas deb o'ylayman.
Men urugvaylikman va bundan faxrlanaman. Qolganlarni ham shunday bo'lishga chorlayman. Men ishlashni, o'sishni, yuqori cho'qqilar uchun kurashni to'xtatmayman.
«Atletiko» menga yuqori saviyaga chiqish va o'z mahoratimni ko'rsatishda davom etish imkoniyatini beradi. Bu erda albatta «Oltin to'p»ni yuta olaman»,-deydi 34 yoshli Suares.

Bosh sahifaga
195