O'shanda Suaresni tanlashmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

«Lion» sobiq bosh murabbiyi Klod Pyuel hujumchi Luis Suares haqida gapirdi.
Urugvaylik «Barselona»ga o'tishdan oldin frantsuz klubida o'ynashi mumkin edi. Biroq, «Lion» o'shanda boshqa futbolchi foydasiga tanlov qilgan.
«O'sha yillari tarkibimizdan Karim Benzema ketdi, Fred biroz oldin ketgandi. Va bu tarkibni yangilash uchun bizga yuqori saviyali futbolchilar zarur edi.
O'shanda biz Lisandro Lopes va Luis Suares o'rtasida uzoq vaqt ikkilandik. Menga bu o'yinchi juda yoqdi, lekin yakunda biz «Portu»dan jiddiyroq, Evropa tajribasi bilan ko'proq tanish bo'lgan Lisandroni tanladik», - deydi Pyuel.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190