Messi: "Mbappega "Real"ga o'tishga maslahat bermadim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi jamoadoshi Kilian Mbappe haqida berilgan savolga javob berdi.
"Unga o'xshagan futbolchi bilan til topishish oson. Kilian ispan tilini yaxshi biladi, shuning uchun biz maydondan tashqarida ham ko'p gaplashamiz. Bu bir-birimizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Men bu erga yaqinda keldim va hali to'liq jamoa bilan chiqishib ketmadim, lekin ishonchim komilki, hammasi yaxshi bo'ladi" , - dedi Messi.
Argentinalik hujumchi yozda "Real"ga o'tishga yaqin turgan Mbappega maslahat bermaganini tan oldi.
"Men endigina kelgan edim va unga nima yaxshiroq ekanligini bilmayman. Shuning uchun unga nima qilishni maslahat bera olmadim. Hamma kabi men ham nima bo'lishini kutardim. U qoldi va bu men uchun ajoyib yangilik" , - deya so'zini yakunladi argentinalik futbolchi.
Manba: Sports.ru
Bosh sahifaga
163