«Paxtakor»ning derbiga tayyorgarligi avjida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 773
"Paxtakor" Superliganing 1-tur o'yiniga hozirlik ko'rishni davom ettirmoqda.
Jamoamiz Shota Arveladze boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan Superliganing 1-tur bellashuviga hozirlik ko'rishda davom etmoqda. "Al Ahli" bilan Chempionlar Ligasidagi uchrashuvdan keyin mashg'ulotlar 13 martdan boshlab yuborildi. Asosiy tarkibdagi barcha futbolchilar mashg'ulotda faol qatnashishdi. Dastlabki jismoniy testlarni topshirishga ulgurmagan 7 nafar futbolchimiz bugun normativlarni muvaffaqiyatli topshirishdi.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 16 mart, shanba kuni 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!