"Biz hech kimdan qo'rqmaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

"Liverpul" himoyachisi Joel Matip mersisaydliklar klubining joriy mavsumdagi istiqbollari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, biz yaxshi formadamiz, hech kimdan qo'rqishning hojati yo'q. O'z o'yinimizni 100 foiz ko'rsata olsak, bizni to'xtatish qiyin bo'ladi.
Bu mavsum juda tig'iz va qiziqarli bo'ladi, bizda haqiqatan ham yaxshi jamoa bor. Agar biz bor kuchimizni berib o'ynasak, biz hammani mag'lub eta olamiz" ,- dedi Matip.
Joriy mavsumda himoyachi "qizillar" safida barcha turnirlarda 8ta o'yinda maydonga tushgan.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201