Ronaldu butun dunyoda yana tengsiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha, 9 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'ziga xos natija qayd etdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Ronaldu hisobni ochdi.
Qatar terma jamoasi Krishtianu darvozasini ishg'ol qilgan 46-mamlakatga aylandi, deb xabar beradi «Manchester Yunayted»ning tvitterdagi sahifasi. Hech bir futbolchi shuncha terma jamoaga gol urmagan.
Qatar darvozasiga urilgan gol Ronalduga terma jamoa uchun eng ko'p gol urish bo'yicha o'z rekordini yaxshilashga imkon berdi. Endi 36 yoshli hujumchining hisobida 112 ta gol bor.
Qatar bilan uchrashuv portugallar safidagi milliy terma jamoa libosdagi 181-uchrashuv bo'lib, Ronaldu Evropa terma jamoalari o'yinlari soni bo'yicha rekordchi bo'ldi.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 181 o'yinda 112 gol va 41 golli uzatma muallifi bo'lgan. Terma jamoa tarkibida u 2016 yilgi Evropa chempionatida oltin, Evro-2012da bronza va Evro-2004da kumush, 2019 yilda UEFA Millatlar ligasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.