«Inter» Argentina terma jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
«River Pleyt» hujumchisi Xulian Alvares Milanning «Inter» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan. «Neradzurrilar» rahbariyati argentinalik yosh futbolchini o'z vatandoshi Lautaro Martines bilan birgalikda tandemini tashkil qilmoqchi. Xulianning o'zi ham kattaroq chempionatga o'tishga qarshi emas.
«River Pleyt» o'z etakchisini qo'yib yuborishga tayyor, ammo 30 million evro miqdoridagi tovon puli talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Inter» qishda Aleksis Sanchesni sotmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!