Mirabror Usmonov 71 yoshida olamdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1317
O'zbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti, Oliy Majlis Senati a'zosi, Milliy Olimpiya qo'mitasi sobiq raisi Mirabror Usmonov bugun, 15 mart kuni 71 yoshida og'ir hastalikni boshidan kechirgach vafot etdi.
Avvalroq, Mirabror Usmonov 12 mart kuni o'pka va nafas yo'llari bilan bog'liq xastalik sabab koma holatiga tushganidan so'ng Olimpiya qo'mitasi klinikasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Mirabror Usmonov shu yilning 1 mart sanasida Toshkentda Oliy Majlis Senatining o'n sakkizinchi yalpi majlisida oxirgi marta ko'rinish bergan. Usmonov majlis oxirigacha o'tira olmasdan tobi qochib yig'ilish zalidan chiqib ketgan.
Mirabror Usmonovning janozasi bugun, 15 mart kuni Toshkentdagi “Minor” masjidida jum'a namozidan so'ng o'qiladi.