O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Malayziya terma jamoasini «yanchib tashladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvilari doirasida Malayziyaga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan bellashuvda, vakillarimiz yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Biroz sokin tarzda boshlangan uchrashuvdagi dastlabki gol 17-daqiqada kiritildi. Jaloliddin Masharipovning ajoyib uzatmasidan keyin, yaxshi pozitsiyaga chiqib borgan Farrux Sayfiev Dostonbek Hamdamovga ajoyib uzatma berdi va Hamdamov hisobni ochdi 1:0. 28-daqiqada Jaloliddin Masharipovning chiroyli harakatlaridan so'ng, Dostonbek dublni rasmiylashtirdi 2:0. 3-gol ham o'zini unchalik ko'p kuttirmadi. Yana o'sha chap qanotdan uyushtirilgan hujumni Husayn Norchaev gol bilan yakunladi 3:0. Taym oxirrog'ida Malayziya terma jamoasi a'zosi Badrol Baxtiar hisobni bittaga qisqartirdi 4:1. Ikkinchi taym ham biroz vakillarimiz ustunligida boshlandi va bu 67-daqiqada o'z tasdig'ini topdi. Zahiradan maydonga qo'shilgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev hisobni yana yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi. Bahsning oxirgi daqiqalarida Azizbek Amonov hisobni 5:1 ko'rinishga keltirib qo'ydi. O'yinning qolgan daqiqalari ham hujumlarga boy tarzda kechdi, ammo har ikki terma jamoaga ham gol urish nasib qilmadi.
9 oktyabr (shanba)
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi.
O'ZBEKISTON – MALAYZIYa - 5:1
Iordaniya. «Amman International stadium»

Bosh sahifaga
191