"Borussiya" futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Unga "Roma" qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, 24 yoshli shveytsariyalik "Roma" bilan muzokaralar olib bormoqda. Italiyan klubi unga 2026 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qiladi. Futbolchi kelasi yilning yozida erkin agent sifatida Italiya klubiga o'tishi mumkin.
2021/22 yilgi mavsumda Zakariya "Borussiya" safida 5 o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 27 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324