Kuman maydon markazini kuchaytirish niyatida. Ro'yxatda kimlar bor?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaning markaziy chizig'ini imkon qadar kuchaytirishga harakat qilib ko'radi.
Niderlandiyalik mutaxassis bu borada bir qator o'yinchilar bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Diario Sport xabariga ko'ra, «Barselona»ning qiziqishlari doirasidan «Tottenxem» a'zosi Tanguy Ndombele, «Inter»dan Marselo Brozovich hamda «Milan» xavbeki Frank Kessilar joy olgan.
Shuningdek, kataloniyaliklar «Manchester Yunayted»dan Donni van de Bekga ham qiziqish bildirmoqda. Garchi u biroz boshqacharoq uslubda o'ynasa ham Kuman uni o'z jamoasiga moslashtirishga harakat qilib ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
324