Azar yana jarohat oldimi? Belgiya terma jamoasi ustozi javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Belgiya terma jamosi ustozi Roberto Martinez Eden Azar haqida fikr bildirdi. U Frantsiyaga qarshi kechgan bahsda Eden almashtirilganini shunday izohladi:
«Hozir uning holatini aniq ayta olmayman. U og'riq sabab almashtirilgani rost. Biz uni keyingi 24 soat ichida tibbiy tekshiruvdan o'tkazamiz. Hozircha u o'zini yaxshi his qilmoqda».
Azar «Real»ga qo'shilganidan beri qiyin paytlarni boshidan o'tkazdi. U klub safida jami 59 ta bahsni o'tkazib yuborgan. 30 yoshli futbolchi Millatlar lligasi doirasida Italiyaga qarshi uchinchi o'rin uchun kechadigann bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177