«Nyukasl» murabbiyi klub yangi egalar qo'liga o'tganligiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«Nyukasl» klubi ustozi Stiv Bryus klub yangi egalar qo'liga o'tganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U «Telegraph» nashriga bu haqda shunday deydi:
«Men o'z ishimni davom ettirishni istayman. Yangi xo'jayinlarga ham nimalarga qodir ekanimni ko'rsatishni xohlayman. Ammo vaziyatga real ko'z bilan qarash kerak. Ular istalgan vaqtda meni o'rnimga yangi murabbiy olib kelib, sinovdan o'tkazib ko'rishi mumkin. Chunki yangi boshliqlar odatda yangi menejerni istashadi. Men buni uzoq vaqtlik faoliyatim davomida anglab etganman. Qaror menga bog'liq emas. Men taqdirimni nima bo'lishini bilmayman, lekin hammasini qabul qilishga tayyorman. Men ular qanday qarorga kelishini kutishim kerak. Men futbol o'ynashdan, murabbiy bo'lishdan ancha oldin «Nyukasl» muxlisi edim va shunday bo'lib qoladi. Men bu klubni sovrin yutishini va Evropa sahnida to'p surishini ko'rishdan faqat xursand bo'laman».
Xalqaro tanaffuslardan keyin klub «Tottenxem»ga qarshi bahs yuritadi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
186