Belotti uchun jiddiy da'vogar paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«Torino»ning italiyalik hujumchisi Andrea Belotti kelasi yozda «buqalar» lagerini tark etishi mumkin.
Futbolchining 2022 yili klub bilan amaldagi shartnomasi tugaydi va u yangi bitim imzolashga shoshilmayapti. Ushbu vaziyatni esa «Milan» jiddiy ravishda kuzatib bormoqda.
«Rossonerilar» hujumchini tekinga sotib olishni rejalashtirmoqda. Belotti u erda Zlatan Ibragimovichga o'rinbosar sifatida ko'rilyapti.
Kishda Andrea bilan ehtimoliy bitim haqida dastlabki kelishuvga erishish mumkin bo'ladi. O'z navbatida «Torino» ham jamoaga yangi hujumchi qidirib ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302