Benzema - La Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Ispaniya La Ligasi centyabr oyining eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish yakunlarini e'lon qildi. Turnir matbuot xizmati xabariga ko'ra, «Real» hujumchisi Karim Benzema o'tgan oy eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'tgan oy 33 yoshli frantsuz hujumchisi Ispaniya chempionati doirasidagi to'rtta o'yinda qatnashdi va 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sakkizta tur natijalariga ko'ra, «qirollik» klubi 17 ochko to'plab, La Liga jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. «Real Madrid»ning keyingi raqibi «Atletik Bilbao» bo'ladi. O'yin 17 oktyabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305