«Nyukasl» «PSJ» hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

«Nyukasl» «PSJ» hujumchisi Mauro Ikardini sotib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Transfer kelasi yozga rejalashtirilgan.
Transfermarkt 28 yoshli argentinalik futbolchini 35 million evroga baholamoqda. Avvalroq, futbolchi Turinning «Yuventus» klubiga o'tishi bilan bog'liq xabarlar tarqalgan edi.
«Nyukasl» shuningdek, bosh murabbiy Stiv Bryusni ishdan bo'shatmoqchi. Uning o'rniga Konte, Jerard va Lempard nomzodlari keltirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351