"Frantsiya chempionati La ligadan kuchli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionati unga yoqishini aytdi.
«Frantsiya chempionati jismonan La Ligaga qaraganda ancha kuchli. Bu erda menga jamoalar kuchliroq bo'lib tuyulmoqda. O'yinlar qizg'in kurash ostida o'tadi va maydonda bo'shliq topish mushkul", - dedi Messi France Football nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi shu yozda erkin agent sifatida "Barselona"dan Parij klubiga o'tgan edi. Bu mavsumda u Chempionatda jami 3 o'yinda maydonga tushib, hali darvozaga to'p kiritmadi.
Manba: France FootballFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220