«Jarohatlar chempioni» kelasi hafta safga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

«Barselona»ning frantsuz vingeri Usmon Dembele tez orada maydonga qaytadi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda. Futbolchi iyun oyidan buyon kasalxonada.
Mazkur nashr jurnalistlarning xabariga ko'ra, Usmonning qaytishi kelasi haftaga rejalashtirilgan. Frantsiyalik futbolchi «Valensiya»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Bu uchrashuv 17 oktyabrdabo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida Dembele 30 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364