Krishtianu Ronaldu APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'tgan oyda 36 yoshli portugaliyalik Angliya chempionatida 3ta o'yin o'tkazdi va 3ta gol urdi. Shuningdek, Joau Kanselu («Manchester Siti»), Antonio Ryudiger («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Allan Tsent-Maksimin («Nyukasl») va Ismoila Sarr («Uotford») kabi futbolchilar ham ushbu sovringa nomzod bo'lishdi.
Ronaldu 2021 yil avgust oyining oxirida «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o'tdi. Avvalroq, futbolchi allaqachon «qizil iblislar» safida 2003 yildan 2009 yilgacha o'ynagan. 2021 yil sentyabr 12 yildan so'ng ingliz jamoasidagi birinchi o'yinchi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444