«Bavariya» Levandovskiga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

«Bavariya» kelajakda polshalik hujumchi Robert Levandovskining o'rnini kim egallashi haqida qaror qabul qildi. Goal.com portali ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli «Zaltsburg» futbolchi Karim Adeyemi nemis grandining asosiy maqsadi. Bundesliga chempioni qishki transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Adeyemi Levandovskining o'rinbosar sifatida ko'riladi, Levandovski kelasi yili 34 yoshga to'ladi. Avvalroq Robertning «Real»ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Aytish joizki, Karimga «Bavariya»dan tashqari «Liverpul», «Barselona» va «Leyptsig» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Adeyemi 16ta o'yin o'tkazdi va 11ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191