«Qizil iblislar» himoyachisi nima uchun soch turmagini o'zgartirganiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi Aleks Telles soch turmagini o'zgartirgani haqida gapirdi. U bu haqda shunday deydi:
«Hozir men uchun yangi davr boshlandi. Men oldinlari doimo kalta sochlarda yurardim. Keyin so'nggi ikki yil ichida sochlarimni o'stirdim. Hozir esa buni o'zgartirish vaqti etdi deb o'yladim. Negaki, men ikki oylik jarohatdan keyin ilk bor maydonga qaytgandim. Bu ikki oy men uchun oson bo'lmadi. Shu sabab qaytishimga ko'rinishimni ham o'zgartirishni xohladim».

Telles jarohati sabab yangi mavsumning dastlabki oyini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. U «Vilyarreal»ga qarshi bahsda butunlay o'zgacha qiyofada ko'rinish bergandi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
443